UzHackerSW
125 subscribers
507 photos
2 videos
1 file
124 links
Kanalimizda kompyuter bo'yicha
✔️ boshlang'ich ma'lumotlar
✔️ qiziqarli faktlar
✔️ foydali maslahatlar
berib boriladi.
Download Telegram
3-mavzu: WINDOWS operatsion tizimida kompyuterning doimiy xotirasi, tezkor xotirasi va video xotiraning hajmini ko'rish
Bugungi mavzuyimizda biz WINDOWS operatsion tizimi o'rnatilgan kompyuterlarda doimiy xotira (HDD), tezkor xotira (RAM) va video xotiraning hajmini qanday ko'rishni ko'rib chiqamiz. Buni qilishdan avval biz bularning nima ekanligini bilib olishimiz lozim.
1. HDD (Hard Disk Drive yoki ПЗУ) boshqacharoq qilib aytganda doimiy xotira ya'ni bizning ma'lumotlarimiz tizim ma'lumotlari va tizimning o'zi ham saqlanadigan joy hisoblanadi. Bu xotira kompyuterimiz o'chiq bo'lganda ham ma'lumotlarimizni salaydi va qachonki undan foydalanadigan bo'lsak elektr toki manbaiga ulanishi kerak.
2. RAM (Random Access Memory yoki ОЗУ) ya'ni tezkor xotira, bu xotira orqali biz HDD da saqlanadigan operatsion tizimni yoki ishga tushgan operatsion tizimda turli dasturlarni amallarni bajarish uchun vaqtinchalik doimiy xotiradan bu xotiraga ko'chiriladi. Ya'ni real vaqtda tizim va tizim dasturlari ishlashi uchun zarur ma'lumotlar shu joyda vaqtinchalik saqlanadi.
3. Graphical memory ya'ni video xotira bu operatsion tizim video grafik muhitda ishlay olishi uchun zarur hisoblanadi. Ya'ni bizda video karta mavjud bo'lsa, bizning kompyuter operatsion tizimni, undagi dasturlarni va o'yinlarni sifatini ancha yuqori daraja qilib bizga ko'rsatadi.
Bizning kompyuterda bular qancha yuqori bo'lsa kompyuterimiz shunchalik tezroq ishlay olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Birinchi bo'lib HDD ni hajmini qanday ko'rish mumkinligini ko'rib chiqamiz. Bunda biz ish stoli (рабочий стол) dagi bu kompyuter (этот компьютер) ning ustiga sichqonchaning o'ng tugmasini 2 marta bosamiz va bizda ochilgan oynada bir necha lokal disklar (локальный диск) mavjud bo'lishi mumkin yoki 1 va 2 ta bo'lishi ham mumkin. Odatda ular 2 ta bo'ladi: "lokal disk (локальный диск) C" va "lokal disk (локальный диск) D" bo'ladi. Odatda C diskda operatsion tizim va uning dasturlari saqlanadi va D diskda esa bizning shaxsiy ma'lumotlarimiz saqlanadi (Bu D,C harflar ahamiyatga ega emas ularni istagan boshaa harfga o'zgartirish mumkin). Ularni quyidagi rasmlar orqali tushuntirishga harakat qilamiz.
"Этот компьютер" ni ustiga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosamiz.
Ochilgan oynadagi belgilangan lokalniy disklar hajmini qo'shsak, 931Gb + 111GB = 1042Gb, demak bizning HDD hajmimiz 1042Gb ekan.
Endi tezkor xotiraning hajmini ko'rishni ko'rsak. Bunda biz #2mavzu da o'rgangan biron-bir usuldan foydalanamiz. Men 1-usuldan foydalanaman. Ish stolidagi (рабочий стол) mening kompyuterim (мой компьютер) yoki bu kompyuter (этот компьютер) ga sichqonchamizni olib borib, uning o'ng tugmasini bosamiz va svoystva (свойства) bo'limini tanlaymiz (ESLATMA, BU HOLATDA MENING KOMPYUTERIM YORLIQ BO'LISHI KERAK EMAS).
Rasmda qizil bilan belgilangan bo'limni tanlaymiz
Bunda bizning tezkor xotiramizni umumiy hajmi 4Gb ekan va biz foydalana oladigan joy esa 3,89Gb ekan. (Nega bular bir-biridan farq qilishini keyingi darslarimizda bilib olasiz).
So'ngi xotiramiz video xotira. Buni ko'rish uchun biz klaviatura yordamidan foydalanamiz. Ish stolida (рабочий стол) turib biz klaviaturadagi WIN + R tugmalarini birgalikda bosamiz. ochilgan bajaruvchi (Выполнить) oynachaga "dxdiag" deb yozamiz. (Bajaruvchi oyna haqida keyingi darslarimizda batafsil ko'rib chiqamiz). Bizda oynacha ochiladi undan yuqoridagi bo'lim (панель) lardan "экран" bo'limiga o'tamiz va umumiy xotira "всего памяти" ni ko'rsak, bizni video xotiraning hajmini ko'rgan bo'lamiz. Buni quyidagi rasm orqali tushuntirishga harakat qilamiz.
WIN + R tugmalarini birga bosamiz
Ochilgan oynaga "dxdiag" deb yozamiz
"Экран" bo'limiga o'tamiz va "всего памяти" ni ko'ramiz. Bizning holatimizda video xotiraning hajmi 1792Mb ekan.
#3mavzu_oxiri
3-mavzu bo'yicha savol va takliflar uchun #murojaat_uchun ga o'ting.
Mavzular:
#1mavzu Kompyuterni yoqish va o'chirish
#2mavzu WINDOWS operatsion tizimining versiyasini aniqlash
#3mavzu WINDOWS operatsion tizimida kompyuterning doimiy xotirasi, tezkor xotirasi va video xotiraning hajmini ko'rish.
4-mavzu: WINDOWS operatsion tizimida razryad tushunchasi. Dasturlarni o'rnatish va o'chirish.
Bugungi mavzuyimizni WINDOWS operatsion tizimidagi x32, x64 va x86 razryadlar haqida gaplashamiz. Xo'sh razryad o'zi nima? bularnig bir-biridan nima farqi bor? degan savollarga javob berishga harakat qilamiz. Bunda ikki xil turkumli razryadlarni uchratish mumkin: protsessorning razryadi va operatsion tizim razryadi. Operatsion tizim razryadi x64 razryadli protsessorga ahamiyatsiz hisoblanadi chunki x64 razryadli protsessorga ham x32 ham x64 razryadli operatsion tizim o'rnatish mumkin. Lekin x32 razryadliga protsessorga faqat x32 razryadli operatsion tizim o'rnatish mumkin (operatsion tizimni o'rnatishni keyingi darslarimizda ko'rib chiqamiz). Razryad bu kompyuterdagi protsessorimizda (kompyuter qurilmasining miyasi) mavjud bo'lgan shinalar soni hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda razryadlar soni yuqori bo'lsa, bizning kompyuter ma'lumotlar oqimini qayta ishlay olish qobilyati yuqori bo'ladi. Bizda 2 turdagi razryad mavjud: x32 va x64. Yuqoridagi x86 razryad qayoqqa ketdi dersiz? U hech qayerga ketmadi, shunchaki x86 razryad turi x32 razryad turiga kiradi ya'ni oddiyroq aytadigan bo'lsam, x86 razryadni qayerda ko'rsangiz uni x32 razryad deb hisoblashingiz mumkin. Biz bugun operatsion tizim razryadi haqida gaplashamiz.
Endi x32 razryadning xususiyatini ko'rib chiqsak:
- x32 razryadli operatsion tizim 3 Gb gacha bo'lgan operativ xotiraga ega kompyuterlarga o'rnatilishi maslahat beriladi. Sababi agar siz 4 Gb li operativ xotiraga ega kompyuterga o'rnatsangiz siz bu operativ xotiraning maksimal 3.5 Gb dan foydalana olishingiz mumkin nazariy jihatdan lekin biz amaliy jihatdan ko'rganimizda bu operatsion tizim operativ xotiraning 2.89 Gb dan foydalana olishi ko'rsatilgan. Qolgan qismi esa tizim uchun xuddi yo'qdek turaveradi;
- bu razryad faqatgina 1 yoki 2 yadro bilan ishlay oladi va undan ortiq multiyadorni esa qo'llab quvvatlay olmaydi;
- buning afzalligi shundaki operativ xotiradan kamroq joy olib ishlay olishidir.
x64 razryadning asosiy xususiyatini ko'rsak:
- x64 operatsion tizim 4 Gb va undan yuqori operativ xotiraga ega kompyuterlarga o'rnatilishi maslahat beriladi. Sababi u operativ xotiradan x32 ga nisbatan ko'proq joy talab qiladi;
- u 2 va undan ortiq yadro bilan ishlay oladi;
- yana bir afzalligi x32 razryadli dasturlarni ham ishlata olish imkoniyatiga ega (ba'zi x32 razryadli dasturlar bilan ishlay olmasligi ham mumkin).
Razryad tushunchasini bilib oldik endi, unga o'rnatiladigan dasturlarni razryadiga qarab farqlay olamiz va endi bu dasturlarni qanday operatsion tizimga qanday turdagi dasturlarni o'rnatish mumkinligini ko'rib chiqamiz. Barchamiz vaqti vaqti bilan turli dasturlarga muhtoj bo'lamiz va ularni o'rnatishimiz kerak bo'ladi. Xo'sh, buni qanday amalga oshirishimiz kerak? Quyida biz “WinRAR” dasturini o'rnatishni ko'rib chiqamiz:
WinRAR dasturi – bu dastur turli xil formatdagi (asosan hujjat va rasmlar)ni ixchamlash uchun ishlatiladi. Ixchamlash – aytaylik sizning word dokumentingiz 10 megabayt hajmda, WinRAR dasturi orqali siz uni 5 megabaytga (hatto 1 megabayt va undan ham kamrog'iga) qisqartirishingiz mumkin.