UzHackerSW
125 subscribers
507 photos
2 videos
1 file
124 links
Kanalimizda kompyuter bo'yicha
✔️ boshlang'ich ma'lumotlar
✔️ qiziqarli faktlar
✔️ foydali maslahatlar
berib boriladi.
Download Telegram
Hozirgi kunda axborot saqlash uchun ko‘p tarqalgan saqlovchilardan biri bu kompakt disklardir. Hammamiz CD, DVD kabi kompakt disklarni bilamiz. Lekin hamma ham ularning turlari haqida ma’lumotga ega emas.
CD - compact Disc - ixcham disk
DVD – digital versatile Disc – universal raqamli disk
HD DVD – high definition DVD – yuqori sifatli DVD
BD – Blu-Ray Disc – (tarjimasini bilmadik 😊)
CD – disklarning hajmi odatda 700mb gacha bo`ladi. Shu sabab ularga ko'p ma'lumot yozdirib bo'lmaydi. CD disklar asosan qo'shiqlar va kichik hajmdagi ma'lumotlarni yozish uchun mo'ljallangan. CD diskning asosiy turlari:
CD-ROM – Compact Disk-Read Only Memory (kompakt disk – faqat o'qish uchun) – odatda ma'lum korxonalarda ichiga tayyor dastur yoki shu kabi mahsulot yozdirilgan disk;
CR-R – Compact Disk – Recordable (kompakt disk – bir martalik yozish uchun)-sotuvda aylanuvchi, ichi bo'sh bo'lgan disk;
CD-RW - Compact Disk-Re Writable (kompakt disk – ko'p martalik qayta yozuv uchun) – sotuvda aylanuvchi, yozilgan ma'lumotlarni o'chirib, qayta yozishga mo'ljallangan disk.
DVD-disklar o'rtacha 4,5 gigabayt hajmdagi joyga ega. Ular asosan hajmi katta bo'lgan film va ma'lumotlarni saqlash uchun mo'ljallangan. DVD diskning asosiy turlari:
DVD-ROM – huddi CD-ROM kabi disk, faqat hajm jihatdan kattaroq;
DVD-Video – ixchamlshgan shakldagi audio, video formatlarni yozishga mo'ljalangan disk;
DVD-Audio – bu formatdagi disk, yuqori sifatli, ixchamlangamagan holdagi audioni yozishga mo'ljallangan;
DVD-R(G) – bir martalik yozishga mo'ljallangan disk;
DVD-R(A) – faqat maxsus qurilma yordamida o'qish uchun mo'ljallangan disk;
DVD+R(G) – bir martalik axborot yozishga mo'ljallangan disk;
DVD-RAM – ko'p martalik qayta yozishga mo'ljallangan disk, CD-RW texnologiyasiga asoslangan, «Hitachi» firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, ko'p bor qayta yozishga mo'ljallangan;
DVD-RW - «Pioner» firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va CD-RW texnologiyasiga asoslangan, u darajada ko`p qayta yozishga mo`ljallanmagan;
DVD+RW – «Philips», «Sony» firmalari va «Hewlet-Packard» - korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. DVD-RW – formatiga mos kelmaydi;
DVD-VR –MPEG2 formatidagi real vaqtdagi videolarni yozishga mo'ljallangan.
HD-DVD – yuqori sifatli video formatlarini saqlashga mo'ljallangan, bundan tashqari uning hajmi oddiy DVD disklardan ancha katta - 15 gigabayt.
Blu-Ray-DVD (BD) – bu HD-DVD danda yuqori sifatdagi videolarni yozishga mo'ljallangan bo'lib, uning hajmi 25 gigabaytni tashkil etadi.
CD va DVD disklar haqida gapirarkanmiz, ularni fizik hajmi haqida ham aytish darkor. HD-DVD va BD disklar qanchalik katta saqlash hajmiga ega bo`lmasin, ular oddiy DVD va CD disklari kabi 12 sm diametr o'lchamida bo'ladi. Lekin shunga qaramay, 8 sm diametr o`lchamdagi DVD disklar ham mavjud, ularning hajmi odatda 1 gigabayt atrofida va turli qurilmalar uchun qo`shimcha dasturlar yozishda foydalaniladi.
#18mavzu_oxiri
18-mavzu bo'yicha savol va takliflar uchun quyidagi havolaga o'ting
Salom Salom ! ! ! Hayrli kech do'stlar. Sizlar bilan yana "bu_qiziq". Bugungi "bu_qiziq" mavzuyim juda sodda bo'lib tezda o'rganib olasiz. Unda ketdik 😅 😋
Bugun biz o'zimizga Windows OT dagi sodda dasturdan foydalanib kundalik yoki "заметка" yaratamiz.
Yangi "Текстовый документ" yaratib olamiz va nomini o'zimiz istagandek nomlaymiz
Ochgan "Текстовый документ" imizga kirib rasmda ko'rsatilgandek ".LOG" deb yozamiz (ESLATMA, bu yozuvsiz biz istagan kundalikni yarata olmaymiz)
"Текстовый документ" ni yozamiz va bizda "сохранить" qilish yoki qilmaslikni so'raydi va biz uni "сохранить" qilamiz