UzHackerSW
125 subscribers
507 photos
2 videos
1 file
124 links
Kanalimizda kompyuter bo'yicha
✔️ boshlang'ich ma'lumotlar
✔️ qiziqarli faktlar
✔️ foydali maslahatlar
berib boriladi.
Download Telegram
Ulugov.uz sayti
Saytning Tas-ix ekanligini bilishning yana bir usuli bu hamma tas-ix saytlarning oxirida "Tas-ix" yozuvini ko'rish mumkin
#13mavzu_oxiri
13-mavzu bo'yicha savol va takliflar uchun quyidagi havolaga o'ting
14-mavzu: Antivirus dasturini o'rnatish va uni aktivatsiya qilish
Operatsion tizimni turli virus va hujumlardan himoya qilish maqsadida turli antiviruslar mavjud. To'g'r bular sizni butunlay himoya qila oladi demaymiz lekin ma'lum darajada operatsion tizim xavfsizligini ta'minlay oladi. Bunday antivirus dasturlar juda ko'p bo'lib ularning mashhurlaridan misol sifatida ko'rsak, Kasperskiy, Doctor Web, Eset Nod32, Avast kabi antiviruslarni ko'rishimiz mumkin. Bugun biz Eset Nod32 Antivirusining o'rnatish va ish prinsipini ko'rib chiqamiz.
Antivirus dasturini o‘rnatish uchun uning o‘rnatiluvchi paketini tanlaymiz
So'ng bizda quyidagicha oyna ochiladi. Bunda biz quyidagilarga e'tibor qaratishimiz kerak:
1. Agar buni belgilasak dastur o'rnatilayotgan vaqtda agar sizda internet mavjud bo'lsa, yangilangan versiyani birdaniga o'rnatib ketiladi;
2. Bu tugma keyingi oynaga o'tish uchun bosiladi.
Bu ochilgan oynada biz antivirusdan foydalanish litsenziyasini qabul qilgan holda davom etamiz. Qabul qilish uchun "Я принимаю" tugmasini bosamiz
Endi ba'zi sozlamalarni sozlab olamiz. Ular quyidagilar:
1. Bu bo'lim ishlash prinsipi bizdagi shubhali bo'lgan ya'ni virus deb ko'rmaydigan lekin hatti harakatlari virusga o'xshashni boshlaydigan dasturlar haqida ma'lumot yig'adi va buni antivirusning viruslarni o'rganuvchi bazasiga yuboradi. Agar bunday funksiya ishlamasligini xoxlasangiz buni o'chirib qo'yishingiz mumkin;
2. Kompyuterning ba'zi dasturlari bo'lib, ular virus hisoblanmaydi lekin tarkibida ba'zi funksiyalar virus ko'rinishida bo'lishi yoki kompyuterga o'rnatilgandan so'ng uni sekinlashuviga yoki xavfsizligiga tahdid qilishi mumkin shu kabilar haqida ogohlantirish olishni xoxlasak buni belgilash kerak.
Bulardan o'tganimizdan so'ng " Установка" tugmasini bosamiz
Bu oynaga kelganimizda antivirus dasturi xotiradan o'rnatish uchun joy yetarlikmi yo'qmi shuni tekshiradi
So'ng antivirus dasturining o'rnatilish jarayoni boshlanadi
Bizning dastur o'rnatildi, "Готова" tugmasini bosamiz
Antivirus dasturi ishga tushmoqda
Antivirus dasturimiz ishga tushgandan so'ng bizda quyidagicha oyna ochiladi. Bunda biz antivirusni aktivatsiya qilishimiz kerak bo'ladi. Buni quyidagicha amalga oshiramiz
Yuqoridagi aktivatsiyani quyidagi kalitlardan biri orqali aktivatsiya qilamiz. Odatda eset antivirusida 30 kunlik kalit bo'ladi