Endi biz istagancha (tizim chegaralagan darajada) grafikli menyuyimizning fondini o'zgartirishimiz mumkin.
ESLATMA! ! ! Bu usul faqat Windows 8 va 8.1 OT lari uchundir. Chunki Windows ning boshqa OT ida bunday menyu mavjud emasda 😁.
Salom Do'stlar. Bugun sizlar bilan qiziqarli bo'lgan mavzuni ko'rib chiqamiz. Hozirgi kunda texnologiyalarni rivojlanish virtual olamga katta yo'l ochmoqda. Shu qatorda virtual OT ga ham. Virtual OT nima degani? Virtual OT ham xuddi kompyuter OT i bo'lib, faqat undagi kompyuter funksiyalari virtual tarzda yaratiladi. Masalan, virtual tarmoq kartasi, virtual USB portlar, virtual ekran va hokazolar. Lekin shuni ham aytib o'tish kerakki, Bu virtual OT, Kompyuter OT ining fizik imkoniyatlaridan kelib chiqiladi. Masalan, sizning kompyuteringiz operativ (tezkor) xotirasi 4 Gb, bunga o'rnatilgan virtual OT ning operativ xotirasi esa ko'pi bilan 2 Gb bo'ladi yoki bo'lmasa kompyuterning yadrosi 4 ta bo'lsa, virtual OT ning yadrosi ham ko'pi bilan 4 ta bo'lishi mumkin. Bundan ko'rish mumkin-ki, virtual OT ning imkoniyatlari ko'pi bilan kompyuterdagi OT ning fizik imkoniyatlariga ega bo'lar ekan holos.
ESLATMA! ! ! Virtual OT ishlashi uchun sizning operativ xotirangiz x64 razryadli OT uchun 4 Gb bo'lishi (undan 2 Gb (eng kamida) kompyuterning OT uchun va qolgan 2 Gb (ko'pi bilan) esa virtual OT uchun) va x32 razryadli OT uchun esa 3 Gb bo'lishi (undan 2 Gb (eng kamida) kompyuterning OT uchun va qolgan 21 Gb (ko'pi bilan) esa virtual OT uchun) ishlatish mumkin. Shuni ham aytish kerak-ki, virtual OT ishlashi uchun barcha OT lar uchun qo'yilgan eng kam qo'llab-quvvatlashlar virtual ishlashimiz uchun ham amal qiladi. Yuqorida ko'rsatilgan talab eng kamida hisoblanadi. Undan kam operativ xotiraga ega kompyuterda virtual OT ishlashiga kafolat berilmaydi.
Virtual OT dan foydalanish uchun bizda bir necha xil dasturlar mavjud: VirtualBox, Parallels Desktop, VMware, QEMU, Windows Virtual PC, Veertu va hokazolardir. Biz bugun VirtualBox dasturidan foydalanamiz.
MALUMOT! ! ! Bu dasturni ko'chirib olishingiz uchun mavzu oxirida beriladigan havolaga o'tishingiz mumkin.